«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 1-son (2025)
YERQALAMPIR O‘SIMLIGI BARGALRI EFIR MOYINING KIMYOVIY TARKIBINI O‘RGANISH
Abduhamidova, Ozoda
Annotatsiya
<p>Farg‘ona viloyatida o‘sadigan yerqalampir quritilgan barglaridagi efir moyining tarkibi gaz xromatografiyasi-mass spektrometriya usuli bilan tadqiq qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra yerqalampirning barglaridagi efir moyi tarkibida 21 ta birikma aniqlandi, ulardan 15 ta birikma, ya’ni 94,58% identifikatsiya qilindi. Efir moyi tarkibida nitrillar, geterosiklik birikmalar, to‘yinmagan uglevodorodlar, aldegidlar va terpenoidlar mavjud. Asosiy birikmalar sifatida 3-butennitril (48,3%); 10-metil-9-nonadeken (13,40%); (2R,4S)-2,4-dimetil-5-geksen-1-ol (9,95%); fenilatsetaldegid (4,6%); 1-(5(metil-2-furanil)-1-buten-3-on (3,6%); 1H-pirrol (2,2%) va (-)-izokariofilin (2,1%) aniqlandi.</p>
Armoracia rusticanayerqalampirbarglarigidrodistillyatsiyaefirmoyiGX-MS3-butennitrilArmoracia rusticanahorseradishleaves
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.