«FarDU ilmiy xabarlari» 30-jild 6-son (2024)
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MEROSIDA XOTIN-QIZLAR OBRAZINING TARIXIY TALQINI
Jurayev, Islom
Annotatsiya
<p><em>Maqolada Boburning ijodiy jarayonga hamda voqelikka munosabati, memuar asarida ham, lirikasida ham hayot haqiqatini xolis tasvirlashga intilgani haqida so‘z boradi.</em> <em>Xususan, ijtimoiy hayot va maishiy turmush jarayonida xotin-qizlarning o‘rni va roli, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishtiroki real tarixiy shaxslar misolida ko‘rsatib beriladi. Bu bejiz emas. Islomgacha bo‘lgan davrlarda ham Markaziy Osiyoda xotin-qizlar huquqi birmuncha yuqori bo‘lgan. Qizlar o‘z xohishlari bilan turmush qurganlar. Ular oila qurishga muvofiq deb topilgan yigitlar oldiga el-yurtni har xil balo-ofatlardan asraydigan jasur va pahlavon bo‘lish shartini ham qo‘yganlar. O‘zlarida xalqning yuksak orzu-ideallarini mujassam etgan bunday qizlar yigitlarning tashqi ko‘rinishi yoki mol-dunyosiga uchmaganlar, aksincha mardligini sinab ko‘rganlar, sevgi yo‘lida chinakam qahramonlik ko‘rsatishni talab qilganlar. O‘z taqdirini o‘zi hal qilishga intilgan bunday xotin-qizlar obrazlari, albatta, real hayotdan uzoq bo‘lmagan.</em></p> <p><em>Folklor durdonalari yozma adabiyotga, xususan, ulug‘ shoh va sarkarda, shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Boburning ijodida xotin-qizlarning tarixiy shaxs sifatida jamiyatdagi o‘rnini tarixiy talqin etishiga, obrazlarning keng miqyosda, har taraflama tasvirlanishiga zamin hozirlagan.Bobur o‘z qahramonlari shaxsi, xarakteri haqida so‘z yuritayotganida ana shu omillarga asoslangan.</em></p>
Ijodkor shaxsimuallif obrazihayot haqiqatibadiiy ijodadabiy ta’sirijtimoiy voqeliktarixiy shaxsxolislikestetik ta’sir.The identity of the creator
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.