«FarDU ilmiy xabarlari» 30-jild 6-son (2024)
NEMIS TAUFEN (SUVGA CHO‘MISH MAROSIMLARI) LEKSIK BIRLIGINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI
Pazilova, Zilola
Annotatsiya
<p><em>Ushbu maqola nemis tilidagi “suvga cho‘mish” marosimlarining lingvokulturologik tahlilini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, marosimning tarixiy, diniy va ijtimoiy ahamiyatlarini keng yoritadi. </em><em>Suvga cho‘mish xristianlikning eng qadimiy amallaridan biri sifatida insonning Xudo bilan ruhiy aloqasini ta’minlaydi. Maqolada ushbu marosimning yahudiylikdagi ildizlari va Iso tomonidan belgilangan diniy amaliyot sifatidagi o‘rni tahlil qilingan. Nemis tilshunos olimlarining tadqiqotlariga tayangan holda, suvga cho‘mishning tarixiy rivojlanishi, ramziy ma’nolari va turli cherkov oqimlarida amaliyotdagi tafovutlari ko‘rib chiqilgan.</em></p> <p><em>Pravoslavlikda to‘liq suvga botirish, katoliklikda suv sepish yoki peshonaga suv surtish, protestantizmda esa ruhiy poklanishga urg‘u berish kabi udumlar aniqlangan. Suv, oq libos, xoch belgi va shamcha kabi ramzlarning diniy va ijtimoiy ahamiyati ham ochib berilgan. Bugungi kunda suvga cho‘mish marosimlari nafaqat diniy, balki ijtimoiy voqea sifatida ham katta ahamiyatga ega ekani qayd etilgan. Mazhablar o‘rtasidagi tafovutlar, bu marosimning ijtimoiy birlashuvdagi o‘rni va zamonaviy talqini kelgusida chuqurroq tadqiqotlarni talab qiladi.</em></p>
suvga cho‘mishxristianlikpravoslavlikkatoliklikprotestanizmdiniy amaliyotramziy ma’noijtimoiy ahamiyotma’naviy yangilanish.baptism
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.