«FarDU ilmiy xabarlari» 30-jild 4-son (2024)
TALABALARNING KREATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTISHDA TAʼLIM TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH
Rasulova, Zilola
Annotatsiya
<p><em>Maqolada zamonaviy taʼlim texnologiyalari, ular asosida taʼlim jarayonlarini qurish masalalari muhokama qilingan. Zamonaviy taʼlim jarayonlarini barpo etish bilan birga talabalarda kreativ kompetensiyalarni qaror toptirish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirish jarayonlari ifodalangan. Kreativlik tushunchasining mohiyati, talabalarni kreativ shaxs sifatida tarbiyalashning pedagogik aspektlari oʻz ifodasini topgan. Pedagog olimlar tomonidan taʼlim texnologiyalariga berilgan taʼriflar, pedagogik, psixologik jihatdan nazariy qarashlari bayon etilgan. Maqsad taʼlim texnologiyalaridan samarali foydalangan holda talabalarning mustaqilligini, ijodkorligini oshirishdir. Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasining mohiyatini anglash va hamkorlikka asoslangan taʼlim jarayonini tashkil etish, talabalarning jamoaviy faoliyati, ularni amalga oshirish jarayonida harakatlarni samarali muvofiqlashtirish va chuqurlashtirishni yoʻlga qoʻyish muhimdir. </em><em>Taʼlim texnologiyalari oʻqitish jarayonining ishtirokchilarini oʻzaro hamkorlikda bilim olish, kreativ shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik shart-sharoitlarni yaratish zarura ekanligi koʻrsatib oʻtilgan. Talabalarda jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish, guruh-guruh boʻlib ishlashga oʻrgatish, guruhlar bilan ishlashning ular uchun qulayligini his qildirish hamda ularning oʻquv jarayoniga psixologik moslashuvchanligini taʼminlashga qaratilgan. Hamkorlikda oʻqitishni amalga oshirish strategiyalari va guruhlar bilan ishlashning tizimli strukturasi ochib berilgan.</em></p>
kreativlikmustaqiltanqidiy fikrlashzamonaviy taʼlim jarayonitaʼlim texnologiyalarihamkorlikda oʻqitish texnologiyalariintellektaqliy salohiyatshaxslararo munosabatguruhlar bilan ishlash
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.