«FarDU ilmiy xabarlari» 30-jild 3-son (2024)
YOLG‘IZLIK HISSINING IFODALANISH XUSUSIYATLARI
Yuldasheva, Mahliyo
Annotatsiya

Yolg‘izlik jamiyatning barcha ijtimoiy tizimlariga xos ko‘p o‘lchovli hodisa bo‘lib, uning nazariy tadqiq etilishi
qadimgi ildizlarga borib taqaladi. Yolg‘izlikni tahlil qilishning murakkabligi mazkur hodisaning ikkiyoqlamaliligi bilan
belgilanadi. Ya’ni, inson mavjudligining qarama-qarshiliklarga to‘la bo‘lgan individual hamda ijtimoiy qobig‘i yolg‘izlik
hissining refleksiyasidan kelib chiqadi. Bu borada g‘oyalar, fikr-mulohazalarning rang-barangligi ijtimoiy psixologiya fani
negizida mazkur hodisaga oid izlanishlarning keng qamrovli yo‘nalishda olib borilishini talab qiladi. Shu maqsadda
talabalarning tasavvurlarida subyektiv yolg‘izlik hissini o‘rganish uchun empirik tadqiqot o‘tkazdik. Mazkur maqolada
tadqiqotimiz bo‘yicha olib borilgan ishlarning natijalari tizimli ko‘rinishda tahlil qilib berilgan. Tadqiqotda D.Rassel, L.Peplo
va M.Fergyusonlar tomonidan ishlab chiqilgan “Yolg‘izlikni subyektiv his qilishni o‘rganish metodikasi” qo‘llanildi
Respondentlardan olingan natijalarga ko‘ra, talabalar yolg‘izlik hissining xususiyatlari sifatida obyektiv, subyektiv, tashqi
ichki hamda vaziyatga bog‘liq ravishda ifodalanadigan xususiyatlarini ahamiyatli deb hisoblashlari aniqlandi. Bu
talabalarning ontogenetik taraqqiyot jihatidan olganda kuch-quvvatga to‘la yoshda ekanligi, inson tabiatida ro‘y beradigan
hissiy holatlarni oqilona baholashlaridan dalolat beradi. Bu esa talabalarning yolg‘izlik hissini vaziyatga bog‘liq holda ongli
ravishda tanlaydilar yoki inkor etishini ifodalaydi.

yolg‘izlik hissitalabalar guruhiemotsional komponentkognitiv komponentijtimoiy komponentlonelinessstudent groupemotional componentcognitive componentsocial component
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.