«FarDU ilmiy xabarlari» 30-jild 4-son (2024)
O‘ZBEKISTON SSR TRАNSPORTI VА UNING SOVET HUKUMATI IQTISODIYOTIDАGI O‘RNI
Gulmatov, Umarali
Annotatsiya
<div><span lang="UZ-CYR">Mazkur maqolada Sovet tuzumi davridagi O‘zbekiston SSR transport tizimining o‘rni va ahamiyati haqidagi ma’lumotlar manbaa va adabiyotlar tahlili asosida o‘rganilgan. Ushbu tadqiqot mamlakat transport tizimini mustamlaka davrida qay holatda tashkil etilgani va rivojlantirishdan ko‘zlangan maqsadlarni aniqlashda katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda Markaz tomonidan tashkil etilgan transport tizimining nechog’liq xalq manfaatini o‘ylab tashkil etilganligi, mazkur jarayon mobaynida qanday natijalarga erishilganligi tadqiq etildi. Tadqiqot davomida mustamlaka davrida O‘zbekiston transporti asosan, Markaz ehtiyojlariga xizmat qiluvchi vosita bo‘lganligi, ushbu tizim bir yoqlama iqtisodiyotni rivojlantirish uchun tashkil etilganligi manbalar asosida aniqlandi. Bundan tashqari, mustamlaka davrida aholini transport vositalari bilan ta’minlash masalasidagi islohotlar, ularning yutuq va kamchilik tomonlari ham batafsil yoritilgan. Qolaversa, Respublika va xalqaro miqyosda transport vositalari orqali tashish masalasiga tahliliy va tanqidiy jihatdan baho berilgan. Tarmoq faoliyati bilan bog’liq infrtuzilma faoliyati haqida fikrlar bayon etilgan. Ushbu tadqiqotdan Transport sohasi bo‘yicha ta’lim muassasalarida foydalanish mumkin.</span></div>
mustamlaka davritransporttemiryo‘laviatsiyaavtomobil transportivokzalaeroportbir yoqlama iqtisodiyot.colonial periodtransport
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.