Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 17-son (2026) · 25-29-betlar
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI SUN’IY INTELEKTDAN SAMARALI FOYDALANISHGA O‘RGATISHNING METODIK TIZIMI (ONA TILI O‘QITISH METODIKASI MISOLIDA)
Raxmatova, Hamida
Annotatsiya
Tadqiqotning asosiy maqsadi sun’iy intelektdan samarali foydalanishga o‘rgatish orqali boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarni egallash jarayonini osonlashtirish, sun’iy intelekt orqali noan’anaviy darslarni tashkil etishning nazariy asoslarini o‘rganish va metodik tizimini joriy qilish va ushbu yondoshuvning foydalari haqida bir qancha ilmiy isbot-dalillarni keltirishdan iborat. Ta’limning zamonaviy tendensiyalari sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tushunish jarayonini osnlashtirish maqsadida darslarni kreativ tashkil etishning mazmuni bayon etilgan va natijalarning samaradorlik darajasi eksperimental tekshirish asosida aniqlanadi. Ushbu tadqiqot mavzusi eksperimental usullarga asoslangan bo‘lib, unda qiyosiy va tahliliy ishlar olib boriladi.
Sun’iy intelekt, ta’lim texnologiyalari, raqamli texnologiyalar, reflektiv yondoshuv, kasbiy kompetensiya, metodik kompetensiya, raqamli platformalar, raqamli dastur.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.