«FarDU ilmiy xabarlari» 30-jild 1-son (2024)
GUO‘OM DOIRASIDAGI O‘ZBEKISTON VA ОZARBAYJON HAMKORLIGI
Adigezalov, Azer
Annotatsiya
<p><em>Maqolada GUO‘OMning paydo bo‘lishi sabablari va shartlari, uning tuzilishini xususiyatlari, maqsad va vazifalari ko‘rib chiqilgan. Asosiy e'tibor O‘zbekistonning ushbu tuzilmaga qo‘shilishi, O‘zbekiston va Ozarbayjonning GUO‘OM doirasidagi munosabatlariga, 1999-yildan 2005-yilgacha, ya’ni O‘zbekiston tashkilotdan chiqishigacha bo‘lgan davrga qaratilgan.</em></p> <p><em>Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston xalqaro munosabatlarining hozirgi koordinatasida ushbu tashkilot oʻz ahamiyatini yoʻqotganiga qaramay, Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi ushbu gʻarbparast tuzilmada ham ikki tomonlama formatda, ham GUUAM doirasidagi oʻzaro hamkorlik tajribasi, juda muhim ko‘rinadi. Ushbu munosabatda кo‘rsatilgan davrdagi O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligining asosiy jihatlari va uning ikki davlatga ta’siri o‘rganiladi. Muallif e’tiborni energetika, transport va savdo sohasida umumiy manfaatlar muhimligiga, shuningdek, har ikki davlatning geografik joylashuvining afzalliklariga qaratadi.</em></p> <p><em>O‘zbekiston va Ozarbayjon tomonidan GUO‘OM doirasida amalga oshirilgan, transport yo‘laklari va avtomobil yo‘llari qurish, qo‘shma iqtisodiy rivojlanish zonalarini yaratish va o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirishni qamrab olgan aniq loyiha va tashabbuslar tahlili alohida qiziqish uyg‘otadi.</em></p> <p><em>Xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu hamkorlik tajribasi katta ahamiyatga ega bo‘lib, bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish yoʼlida va Oliy davlatlararo kengashni tashkil etishda xizmat qildi.</em></p>
УзбекистанАзербайджанГУУАМВашингтонский саммит НАТОНью-Йоркский меморандумЯлтинская хартия ГУУАМ.UzbekistanAzerbaijanGUUAMNATO Washington Summit
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.