«FarDU ilmiy xabarlari» 29-jild 5-son (2023)
RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA YOZMA NUTQNI SHAKLLANTIRISHNING LINGVISTIK OMILLARI
Alimov, Farxod, Faxrutdinova, Rezida
Annotatsiya
<p><em>Ushbu maqola nofilolog fakultetlarning o‘zbek guruhlari talabalarida yozma nutqiy kompetensiyani shakllantirish, yozishni o‘rgatishda lingvistik omillarning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan. </em><em>Ingliz tilini o‘qitish metodikasi tilshunoslik fani bilan chambarchas bog‘liq, chunki tilshunoslik chet tilini o‘qitish metodikasi uchun fundamental fanlardan biri xisoblanadi. Metodika o‘quv materialini tilshunoslikdan oladi. Oliy o‘quv yurtida o‘qitiladigan ingliz tilining mazmuni va mohiyati, eng avvalo, ona (o‘zbek) va chet (ingliz) tillarining lingvistik xususiyatlari bilan belgilanadi. Lingvodidaktik qiyosiy tahlil diagnostik xususiyatga ega, chunki uning yordamida yozma nutqni o‘rgatishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni aniqlash, ularning paydo bo‘lish sabablarini aniqlash va ilmiy asoslash mumkin. Til va nutq dixotomiyasi asosida yozuv va yozma nutqning xarakterli xususiyatlarini aniqlashga differensial yondashuv bu albatta yozuv va yozma nutq o‘rtasidagi munosabatni chuqurroq tushunishga katta yordam beradi. O‘z navbatida, til o‘qitish muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan metodistlarga o‘quv jarayonini tashkil etishning til vositalari, usullari va shakllarini to‘g‘ri tanlashga yordam beradi, bu esa talabalarning yozma nutqiy kasbiy qobiliyatlarini rivojlantiradi. </em></p>
lingvistikkompetensiyayozma nutqraqamlashtirishingliz tilio‘zbek tiliqalamkashlikmahorat.linguisticcompetence
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.