«FarDU­ ilmiy xabarlari» 29-jild 2-son (2023)

ULUG‘BEK HAMDAMNING “SAFAR” HIKOYASIDA RAMZIY OBRAZLAR UYG‘UNLIGI

Uralova, Dilnoza

Manbada oʻqish

Annotatsiya

<p><em>Maqolada Ulugʻbek Hamdamning “Safar” hikoyasi asosida ramziy obrazlar olami, uning hikoya mazmun-mohiyatida va asar gʻoyasining badiiyatida tutgan oʻrni masalasi ochib berilgan. </em><em>Adibning ramziy obrazlar tizimi, bayon uslubidagi ramziylikning asar mazmun-mohiyatidagi gʻoyasining davr ruhi bilan mutanosibligi ochib berilgan</em><em>. Ijodkor nasriy asarlarida qoʻllanilgan ramziy obrazlarning turlari asar matnlari asosida dalillangan. Yozuvchi hikoyalaridagi uchinchi shaxs tilidan hikoya qilish, asarga psixologik tasvirning turli usullarini jalb etish imkonini beradi. Bunday hikoyalar turiga ichki monologlar, oshkora iqrorlar, tushlar, gallyutsinatsiyalar yengilgina qorishib ketaveradi. Zero, uchinchi shaxs tilidan hikoya vaqt bilan erkin munosabatga kirisha oladi, inson ruhiyatida kechadigan oniy tahlili paytida vaqt uzoq muddatga toʻxtab qolishi yoki asar voqealari haqida qisqacha maʼlumot berilishi mumkin. Syujet tarmoqlari orasidagi bogʻliqlik shunga misol boʻla oladi. Bu ijodkorga umumiy hikoya qilish uslubida psixologik tasvirning badiiyligini orttirish, kitobxon eʼtiborini voqealar rivojidan his-tuygʻularga koʻchirish imkonini beradi. Ramziy tasvirlar, badiiy obrazlar vositasida inson ilohiy moʻjiza qudrati bilan oʻzga insonlar ruhiyatini his qiladi, ularni xuddi hayotdagidek jonli insonlar kabi tasavvur etadi. Ramziy obrazlar qiyofasida har safar obrazlarning yangi, sirli, sehrli, betakror ilohiy dunyosi namoyon boʻlaveradi.</em></p>

ramzobrazsyujetkompozitsiyabadiiy estetik idealhikoyatalqin.symbolimaginecomposition

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Uralova, Dilnoza (2023). ULUG‘BEK HAMDAMNING “SAFAR” HIKOYASIDA RAMZIY OBRAZLAR UYG‘UNLIGI. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 29(2).
GOST R 7.0.5
Uralova, Dilnoza ULUG‘BEK HAMDAMNING “SAFAR” HIKOYASIDA RAMZIY OBRAZLAR UYG‘UNLIGI // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2023. Т. 29. № 2.
BibTeX
@article{dilnoza2023,
  author  = {Uralova, Dilnoza},
  title   = {ULUG‘BEK HAMDAMNING “SAFAR” HIKOYASIDA RAMZIY OBRAZLAR UYG‘UNLIGI},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2023},
  volume  = {29},
  number  = {2}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Uralova, Dilnoza
TI  - ULUG‘BEK HAMDAMNING “SAFAR” HIKOYASIDA RAMZIY OBRAZLAR UYG‘UNLIGI
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2023
VL  - 29
IS  - 2
ER  -