«FarDU­ ilmiy xabarlari» 29-jild 2-son (2023)

SO‘Z SEMANTIK TARAQQIYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR XUSUSIDA

Rozikova, Gulbaxor

Manbada oʻqish

Annotatsiya

<p><em>Til taraqqiyoti davomida so‘z ma’nolarida turli o‘zgarishlarning yuz berishi tabiiy jarayondir.</em> <em>Eski turkiy tilda qo‘llangan ba’zi so‘zlar hozirgi o‘zbek tilida ma’lum jihatdan ma’noviy o‘zgarishlarga uchragan. Ayrim so‘zlarning ma’nosi toraygan, ayrimlariniki kengaygan bo‘lsa, ba’zilari o‘zi anglatgan ma’noga qarama-qarshi ma’noda ham qo‘llangan. Ushbu maqolada til taraqqiyoti davomida so‘z ma’nolarida yuzaga kelgan kengayish va torayish hodisalari «Devonu lug‘otit turk» asarida qo‘llangan bir qator leksemalar misolida yoritildi. Eski turkiy tilda jigit, кэjiк, jïлқï, cïғïр, эрÿк, алқïш,aмaч, кӭсäк, эркӓк, кöl, қïшлағ, jаjлағ, оғлан kabi leksemalar iste’molda bo‘lgan. Til taraqqiyotining keyingi davrlariga kelib mazkur leksemalarning tarkibida ma’lum semantik o‘zgarishlar yuz bergan. So‘z ma’no taraqqiyotidagi bunday o‘zgarishlar tasniflash, tavsiflash, qiyoslash va lingvistik tahlil usullari asosida yoritildi. So‘z ma’nolarini izohlashda bir qator lug‘atlarga murojaat qilindi. Sh.Rahmatullayev, M.Mirtojiev, H.Dadaboyev, N.Rahmonov, Q.Sodiqov, B.Abdushukurov, Sh.Usmanova, Sh.Egamova, A.Mo‘minova kabi olimlarning so‘z ma’nosining kengayishi va torayishi yuzasidan bildirgan fikrlari tahlil qilindi, munosabat bildirildi, bu hodisa o‘zbek tilshunosligida maxsus tadqiq obyekti bo‘lmagani ta’kidlandi.</em></p>

semantik taraqqiyotma’no kengayishima’no torayishiso‘z ma’nosining o‘zgarishileksemasememasemapolisemantik birlikhosila ma’nodifferensiatsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Rozikova, Gulbaxor (2023). SO‘Z SEMANTIK TARAQQIYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR XUSUSIDA. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 29(2).
GOST R 7.0.5
Rozikova, Gulbaxor SO‘Z SEMANTIK TARAQQIYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR XUSUSIDA // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2023. Т. 29. № 2.
BibTeX
@article{gulbaxor2023,
  author  = {Rozikova, Gulbaxor},
  title   = {SO‘Z SEMANTIK TARAQQIYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR XUSUSIDA},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2023},
  volume  = {29},
  number  = {2}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Rozikova, Gulbaxor
TI  - SO‘Z SEMANTIK TARAQQIYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR XUSUSIDA
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2023
VL  - 29
IS  - 2
ER  -