«FarDU ilmiy xabarlari» 29-jild 1-son (2023)
XALQARO MUNOSABATLARDA KONSTRUKTIVIZM NAZARIYASINING O‘ZIGA XOSLIGI
Sultonov, Javohir, Mamajonov, Farhod
Annotatsiya
<p><em>Ushbu maqolada Konstruktivizm nazariyasining xalqaro munosabatlardagi o‘rni, ushbu nazariyaga asos solgan olimlarning tadqiqotlari natijalari, shuningdek, Konstruktivizm nazariyasining zamonaviy xalqaro munosabatlarda muhimligining dalillari (Sovuq urushning oxiri, Yevropa Ittifoqi, Xalqaro inson huquqlari normalari, Global boshqaruv) va Konstruktivizm nazariyasining ichki bo‘linishlari - klassik konstruktivizm, tanqidiy konstruktivizm, poststrukturalistik konstruktivizm, feministik konstruktivizm, normativ konstruktivizm haqidagi ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tilgan.</em></p> <p><em>Maqolani o‘qish asnosida o‘quvchi - davlat va jamiyat boshqaruvida Konstruktivizm nazariyasini ahamiyati naqadar muhimligini jahon miqiyosida tan olingan olimlar (Nikolas Onuf, Aleksandr Vendt, Emanuel Adler, Keyin Ringmar, Liliana Riga va boshqalar) tomonidan o‘zlarining tadqiqotlari bilan isbotlashga uringanligining guvohi bo‘ladi. </em></p> <p><em>Ayniqsa, maqolada Konstruktivizm nazariyasiningRealizm va Liberalizm nazariyalari bilan to‘qnashuvi, bundan tashqari tashqi siyosat, xalqaro munosabatlar hamda ichki boshqaruvdagi yondashuvlarda aynan bir tizimning mavjud emasligi haqidagi fikrlar ham ilgari surilgan.</em></p>
Konstruktivizmxalqaro munosabatlarsiyosiy realizmLiberalizm nazariyasigeosiyosat.constructivisminternational relationspolitical realismtheory of liberalismgeopolitics.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.