«FarDU ilmiy xabarlari» 28-jild 3-son (2022)
TURKISTON ASSRDA SAVODSIZLIKNI TUGATISH BO‘YICHA DASTLABKI CHORA-TADBIRLARNING YO‘LGA QO‘YILISHI (1918-1922-yillar)
Ahmedov, Rahmonjon
Annotatsiya
<p><em>Ushbu maqolada sovet hukumatining Turkiston ASSRda katta yoshdagi aholi o‘rtasida o‘tkazgan savodsizlikni tugatish chora-tadbirlari 1918-1922-yillar davriy chegarasida tahlil etish maqsadi belgilangan. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda, maqolada Turkiston ASSRdagi savodsizlikka qarshi kurashning dastlabki tajribasi sovet hukumati tomonidan muammoni hal qilishning o‘ziga xos strategiyasini ishlab chiqish uchun qay tariqa qo‘llangani ko‘rsatib o‘tildi. XX asr 20-yillari birinchi yarmida Turkiston ASSRda savodsizlikni tugatish jarayonlari tanqidiy o‘rganilib, bu jarayonda yuzaga kelgan muammo va kamchiliklar aniqlandi. Shuningdek, 1918-1922-yillarda Turkiston ASSRda savodsizlikka qarshi kurashda qanday yangi tendensiyalar paydo bo‘lgani ochib berildi. Maqolada tarixiy-xronologik, qiyosiy tahlil, statistik tahlil, miqdoriy tahlil, mazmuniy tahlil va fanlararo yondashuv usullaridan foydalanildi. Savodsizlikni tugatish ishlarining Turkiston ASSRda joriy etilishi va uning jarayonlari, savodsizlikni tugatish maktablarini tashkil etish, maktablar moddiy-texnik bazasi va mutaxassis kadrlar ta’minotidagi muammolar va ularni hal etilishiga doir ma’lumotlar umumlashtirilgan, savodsizlikni tugatish ishlarining Turkiston ASSRga xos jihatlari aniqlangan. </em></p>
Turkiston ASSRsavodsizlikni tugatish“madaniy inqilob”bolsheviklar hokimiyatisavodsizlikni tugatish maktablarimafkurasovet maktablarialifboqishloq aholisi.Turkestan ASSR
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.