«FarDU ilmiy xabarlari» 28-jild 3-son (2022)
PRAGMATONIMLARNING FARQLOVCHI ELEMENTLARI VA FUNKSIYALARI HAQIDA
Ahmadaliyeva, Saboxon
Annotatsiya
<p><em>Mahsulot va tovar nomlarini ifodalovchi til birliklari – atoqli nomlar tilshunoslar tomonidan llmiy manbalarda pragmonim, tovaronim, pragmatonim kabi terminlar bilan nomlanayotgani xususida fikr bildirildi. Firma, tashkilot, korxona nomlarini anglatuvchi ergonimlar bir nechta guruhlarga ajratib tahlil qilindi, brend ishlab chiqarilgan mahsulot, tovar yoki xizmat nomini anglatishi izohlandi, pragmatonimlar tarkibiga kiruvchi mashhur brend nomlarining farqlovchi elementlari va funksiyalarini tasniflash, tavsiflash, qiyoslash va pragmatik tahlil usullari asosida yoritish asnosida ushbu hodisaning til sistemasida tutgan o‘rni aniqlandi. Brend o‘z ichiga brend nomi, logotip, shior, shakl, rang, tovush va ohang, ifor, ta’m, harakat kabi bir nechta elementlarni qamrab olishi misollar asosida ko ‘rsatildi. Ijtimoiy, psixologik va lingvistik omillar brend nomini tanlash va ommalashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Pragmatonimlar farqlovchi, informativ, “asrovchi”, kafolat, psixologik funksiyalarni bajarishi ko‘rsatildi.</em></p>
onomastikaergonimpragmonimtovaronimpragmatonimfarqlovchi funksiyainformativ funksiya“asrovchi” funksiyakafolat funksiyasipsixologik funksiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.