«FarDU ilmiy xabarlari» 28-jild 4-son (2022)
TABIIY POLIMERLARGA SUN’IY ERITMALARDAGI Pb (II) IONLARINING SORBSIYA KINETIKASI
Xurramova, Fayyoza, Zokirov, Sardor, Yarmanov, Sherimmat, Botirov, Sunnatjon, Inxonova, Arofat
Annotatsiya
<p><em>Ushbu ishda biologik chiqindi polimer hisoblangan soch tolalariga sun’iy eritmalar tarkibidagi qo‘rg‘oshin ionlarini yutilish kinetikasi o‘rganilgan. Bunda psevdo-birinchi va ikkinchi tartibli kinetik modellar yordamida kinetika o‘rganilgan bo‘lib, olingan natijalar faollangan soch tolalariga Pb(II) ionlarini yutilishi psevdo-ikkinchi tartibli kinetik modelga bo‘ysunishini ko‘rsatdi. Qo‘rg‘oshin maksimal yutilish sig‘imi 76,125 mg/g ni tashkil qilgan. Muvozanat holatidagi adsorbsiya mexanizmini ifodalash uchun Lengmyur va Freundlix izoterma modellaridan foydalanildi. Olingan natijalar asosida hisoblab topilgan izoterma parametrlari (R<sup>2</sup>=0,9333 va R<sup>2</sup>=0,9281) qiymati barcha izoterma modellariga mos kelganligi aniqlandi. Freundlix parametrlari qiymatiga ko‘ra n=2,74 bo‘lib, bu esa sorbsiya yuqori darajada borganligini ko‘rsatadi. Lengmyur tenglamasi bo‘yicha korrelatsion koeffitsiyenti R<sup>2</sup> qiymati Pb(II) ionlari uchun 0,9333 ga teng va konsentratsiya o‘zgarishi adsorbsiya jarayoni Lengmyur monomolekulyar adsorbsiya nazariyasiga bo‘ysunishini (R<sub>L</sub> -qulay bo‘lishi) ko‘rsatadi. Bu esa faollangan soch tolalariga Pb(II) ionlari sorbsiyalanishini ko‘rsatadi.</em></p>
Kalit so‘zlar: Qo‘rg‘oshin ionlari(Pb2+)adsorbentsoch tolasikinetikapsevdo-birinchi tartibpsevdo-ikkinchi tartibLengmyurFreundlix va izoterma.Lead ions (Pb2+)adsorbent
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.