Таълим ва инновацион тадқиқотлар 2-son (2024) · 165-168-betlar
BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI: Musurmonova Gulsevar Olimjon qizi, Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Musurmonova Gulsevar Olimjon qizi
Annotatsiya
Jahonda kadrlarning, xususan, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish orqali oliy ta’lim sifati va raqobatbardoshligi ta’minlashga erishilmoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs)” hamda Yevropa Ittifoqining “Evropa oliy ta’lim makoni» (EHEA. 2010) Konsepsiyalari mazmunida «Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishda kompetentlikka asoslangan ta’lim (competence-based learning) modelini joriy etish, ta’limni insonparvarlashtirish asosida kasbiy malakalarni uzluksiz rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish» oliy ta’limning strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu jahon mamlakatlari oliy ta’lim makonida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishning ilg‘or tajribalarini ta’limni tashkil etish va boshqarish jarayoniga integratsiyalashni taqozo etmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.