Таълим ва инновацион тадқиқотлар 7-son (2025)
TARJIMALAR SEMANTIKASINING MILLIY-O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI KO‘RSATUVCHI IKKI TILLI LUG‘ATLARNI TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI: Rasulova Istoda Samarqand davlat universiteti, O‘zbek tilshunosligi dotsenti
Rasulova Istoda
Annotatsiya
Maqolada ikki tilli lug‘atlarni tuzishda semantik tafovutlarni hisobga olish zarurati yoritiladi. Xususan, kontrastiv semalar lug‘atlari misolida leksik birliklarning denotativ, konnotativ va funksional semalari qiyoslanib, ularning milliy-madaniy o‘ziga xosliklari ochib beriladi. “Ona – мать” va “Tog‘a – дядя” leksemalari misolida semantik moslik darajalari aniqlanib, integral identiklik indeksi hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ba’zi leksemalarda ekvivalentlik yuqori darajada bo‘lsa-da, ayrim hollarda milliy-madaniy farqlar tarjimada sezilarli tafovutlarni yuzaga keltiradi. Shu bois kontrastiv lug‘atlar tarjimonlik, chet tilini o‘qitish va lingvomadaniy tadqiqotlarda muhim vosita sifatida xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.