Таълим ва инновацион тадқиқотлар 7-son (2026)
“TERMIN” TUSHUNCHASINING O‘ZBEK VA QOZOQ TERMINOLOGIYASIDAGI TALQINI VA QO‘LLANISH XUSUSIYATLARI: Qodirova Barno, dotsent, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Samarqand davlat universiteti Samarqand, O‘zbekiston
Qodirova Barno
Annotatsiya
Mazkur maqolada “termin” tushunchasining o‘zbek va qozoq terminologiyasidagi talqini, etimologiyasi hamda qo‘llanish xususiyatlari qiyosiy-tipologik aspektda tahlil qilinadi. Tadqiqotda termin tushunchasining xalqaro terminshunoslikdagi nazariy asoslari, uning o‘zbek tilshunosligida termin, atama va istiloh birliklari bilan, qozoq tilshunosligida esa termin, пән сөз va атау birliklari bilan o‘zaro munosabati yoritiladi. Shuningdek, har ikki tilda terminologik siyosatning shakllanishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlari hamda terminologik me’yorlarning rivojlanishiga ta’sir etgan lingvistik va ekstralingvistik omillar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek va qozoq terminologik tizimlarida termin tushunchasining qo‘llanish doirasi, semantik qamrovi va funksional xususiyatlari o‘rtasidagi umumiy hamda farqli jihatlarni aniqlash imkonini beradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.