Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
ALMASHLAB VA NAVBATLAB EKISH DALALARIDA UCHRAYDIGAN BEGONA O‘TLARGA QARSHI KURASHDA GLIFOSATGA CHIDAMLI G‘O‘ZA NAVLARI - YUQORI HOSILDORLIK GAROVI
O‘razmatov Nasibjon Nazirovich
Annotatsiya
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi sharoitida almashlab va navbatlab ekish dalalarida uchraydigan bir yillik hamda ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi kurashda glifosatga chidamli XinLuZao-78 g‘o‘za navining samaradorligi o‘rganildi. Tajribada faol moddasi glifosat 41% (SL) bo‘lgan Glifosat gerbitsidi g‘o‘zaning 3-4 chinbarg rivojlanish bosqichida gektariga 3,0 litr me’yorda qo‘llanildi. Kuzatuvlar natijasida bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlarning 98% qismi nobud bo‘lganligi, g‘o‘za o‘simligida esa fitotoksik ta’sir kuzatilmaganligi aniqlandi.
g‘o‘zaXinLuZao-78Glifosatgerbitsidglifosatga chidamli g‘o‘zabegona o‘tlaralmashlab ekishnavbatlab ekishtuproq unumdorligi.cotton
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.