Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA SILOS MASSA UCHUN YETISHTIRILGAN MAKKAJO‘XORI DURAGAYLARINI FOTOSINTEZ SOF MAHSULDORLIGI
Xalilov Nasriddin, Kosimova Shaxnoza Jabborkulovna
Annotatsiya
Ushbu maqolada Samarqand viloyatining o‘tloqi tuproqlar sharoitida makkajo‘xorining o‘rtapishar “Узбекистан 601 ЕСВ” va tezpishar “Qorasuv 350AMV” duragaylarining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ekish me’yori va tup qalinligining ta’sirini o‘rganish natijalari bayon etilgan. Tadqiqot natijalarida ekish me’yorlarining oshib borishi bilan silos massa hosildorligining oshib borishi aniqlangan. Ekish me’yori 105 ming urug/ga bo‘lganda “Узбекистан 601 ЕСВ” o‘rtapishar duragayida silos massa hosildorligi 47,1 tonnani, “Карасув 350AMB” tezpishar duragayida esa 39,2 tonnani tashkil etganligi kuzatilgan. Shu bilan birga maqolada bir gektardan ozuqa birligining chiqimi va hazmlanadigan protein miqdori bo‘yicha ma’lumotlar ham bayon qilingan.
makkajo‘xoriduragaydonsilos massahosildorliktuproqtezpisharo‘tloqiozuqa birligihazmlanadigan protein
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.