Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)

INTENSIV PISTA BOG‘LARIDA GALL HOSIL QILUVCHI SHIRALARGA QARSHI CHRYSOPERLA CARNEA ENTOMOFAGINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI

Maxmatmurodov Alisher O‘lmasovich, Madiyev Abduqodir Jumanazarovich, Xudoyqulov Samandar Abdunazar o‘g‘li

Manbada oʻqish

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda ilk bor Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi intensiv pista bog‘lari sharoitida gall hosil qiluvchi Forda formicaria va Forda hirsuta shiralariga qarshi oltinko‘z (Chrysoperla carnea Stephens) entomofagining turli entomofag-shira nisbatlaridagi biologik samaradorligi baholandi. Tadqiqotning maqsadi C. carnea ni integratsiyalashgan himoya tizimida qo‘llashning eng maqbul entomofag-shira nisbatini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqotlar 2025 yilda Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi «Tog‘ malikasi» hamda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi «O‘zbekiston marvaridi» navli intensiv pista bog‘larida o‘tkazildi. Entomofag tuxumlari 1:5, 1:10, 1:15 va 1:20 entomofag-shira nisbatlarida qo‘llanilib, shiralar populyatsiyasining o‘zgarishi 5, 7, 14 va 21-kunlarda baholandi. Tadqiqot natijalari C. carnea qo‘llanilgan barcha variantlarda shiralar populyatsiyasi nazoratga nisbatan sezilarli darajada cheklanganligini ko‘rsatdi. Eng yuqori biologik samaradorlik entomofag-shira nisbati 1:5 bo‘lgan variantda kuzatilib, Samarqand viloyatida 84,5%, Jizzax viloyatida esa 87,3% ni tashkil etdi. Entomofag-shira nisbati oshishi bilan biologik samaradorlikning bosqichma-bosqich pasayishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari gall hosil qiluvchi shiralarga qarshi Chrysoperla carnea tuxumlarini shiralar populyatsiyasi ommaviy rivojlanishidan oldin, entomofag-shira nisbati 1:5 bo‘lgan holda qo‘llash intensiv pista bog‘larida integratsiyalashgan himoya tizimining samarali biologik usuli ekanligini ko‘rsatdi.

Pistacia veraForda formicariaForda hirsutaChrysoperla carneagall hosil qiluvchi shiralarbiologik kurashentomofagbiologik samaradorlik.Pistacia veraForda formicaria

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Maxmatmurodov Alisher O‘lmasovich, Madiyev Abduqodir Jumanazarovich & Xudoyqulov Samandar Abdunazar o‘g‘li (2026). INTENSIV PISTA BOG‘LARIDA GALL HOSIL QILUVCHI SHIRALARGA QARSHI CHRYSOPERLA CARNEA ENTOMOFAGINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI. Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini).
GOST R 7.0.5
Maxmatmurodov Alisher O‘lmasovich, Madiyev Abduqodir Jumanazarovich, Xudoyqulov Samandar Abdunazar o‘g‘li INTENSIV PISTA BOG‘LARIDA GALL HOSIL QILUVCHI SHIRALARGA QARSHI CHRYSOPERLA CARNEA ENTOMOFAGINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini). 2026.
BibTeX
@article{o‘lmasovich2026,
  author  = {Maxmatmurodov Alisher O‘lmasovich and Madiyev Abduqodir Jumanazarovich and Xudoyqulov Samandar Abdunazar o‘g‘li},
  title   = {INTENSIV PISTA BOG‘LARIDA GALL HOSIL QILUVCHI SHIRALARGA QARSHI CHRYSOPERLA CARNEA ENTOMOFAGINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI},
  journal = {Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)},
  year    = {2026}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Maxmatmurodov Alisher O‘lmasovich
AU  - Madiyev Abduqodir Jumanazarovich
AU  - Xudoyqulov Samandar Abdunazar o‘g‘li
TI  - INTENSIV PISTA BOG‘LARIDA GALL HOSIL QILUVCHI SHIRALARGA QARSHI CHRYSOPERLA CARNEA ENTOMOFAGINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI
JO  - Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)
PY  - 2026
ER  -