Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
MAHALLIY SHAROITDA KARTOSHKA NAVLARINING FENOLOGIK RIVOJLANISHI VA AGROBIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
Nizomov Rustam Axrolovich, Rahmatullayev Jasur Negmatullayevich
Annotatsiya
Mazkur maqolada turli kartoshka navlarining fenologik rivojlanish xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida nihollarning unib chiqishi, shonalash va gullash fazalarining boshlanishi hamda davomiyligi bo‘yicha fenologik kuzatuvlar olib borildi. Shuningdek, navlarning poyalar soni va o‘simlik bo‘yining vegetatsiya davridagi o‘zgarishlari baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ayrim navlar fenologik fazalarga ertaroq kirishi va vegetativ rivojlanishining jadalligi bilan ajralib turishi aniqlandi. Olingan natijalar hudud sharoitida ertapishar va istiqbolli kartoshka navlarini tanlash hamda seleksiya ishlarida foydalanish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
kartoshkanavfenologik kuzatuvunib chiqishshonalashgullashvegetatsiya davrio‘simlik bo‘yipoyalar soniertapisharlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.