Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
QISHLOQ XOʻJALIGI YER MAYDONLARI TUPROQ MA’LUMOTLARINI RAQAMLASHTIRISHNING YER RESURSLARINI BOSHQARISHDAGI ROLI
Dexqonov Jamoliddin Begijonovich, Ruziyev Abror Meylikulovich, Nortosheva Munisa Elbek qizi
Annotatsiya
Maqolada qishloq xoʻjaligi yer maydonlari tuproq maʼlumotlarini raqamlashtirishning yer resurslarini samarali boshqarishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda tuproqning agrokimyoviy, fizik va morfologik xususiyatlarini zamonaviy geoinformatsion tizimlar (GIS), masofadan zondlash texnologiyalari, raqamli tuproq xaritalash usullari asosida yigʻish, saqlash, tahlil qilish va yangilash imkoniyatlari yoritilgan. Raqamlashtirilgan tuproq maʼlumotlari yer resurslarini monitoring qilish, yerlarning unumdorlik holatini baholash, degradatsiya jarayonlarini aniqlash, ekinlarni hududiy joylashtirishni optimallashtirish va ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim axborot manbai sifatida xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, raqamli maʼlumotlar bazalaridan foydalanish yer kadastri tizimini takomillashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlangan. Tadqiqot natijalari raqamli transformatsiya sharoitida yer resurslarini boshqarish tizimini rivojlantirish va tuproq maʼlumotlarining ishonchliligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
qishloq xoʻjaligi yerlarituproq maʼlumotlariraqamlashtirishyer resurslariGISmasofadan zondlashraqamli tuproq xaritalariyer kadastrimonitoringunumdorlik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.