Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
O‘ZBEKISTONDAGI LALMI TUPROQLAR UNUMDORLIGINI ASRASH VA QISHLOQ XO‘JALIGIDA SAMARALI FOYDALANISH
Shamsiddinov To‘lqin, Ruziyev Raxmatjon, Nurullayeva Baxora, Sagatova Barno
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonning lalmi hududlarida tarqalgan tuproqlarning agroekologik holati, ularning unumdorligini belgilovchi asosiy omillar hamda tuproq degradatsiyasini oldini olishning ilmiy-amaliy jihatlari tahlil qilingan. Lalmi tuproqlardan qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish, suv eroziyasiga qarshi kurashish, organik moddalar balansini saqlash, almashlab ekish tizimlarini takomillashtirish va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada respublika lalmi еrlarining hozirgi holati bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, jadval va diagrammalar keltirilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.