Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
MOSH VA LOVIYA YETISHTIRISHDA BEGONA O‘TLARGA QARSHI GERBITSIDLAR QO‘LLASHNING TUPROQNING AGROKIMYOVIY XOSSALARIGA TA’SIRI
Sattorov Shoximardon, Kimsanboyev Xujamurat, Usmonov Muhiddin, Abdillayev Marat
Annotatsiya
Maqolada Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproq sharoitida mosh va loviya ekinlarini yetishtirishda begona o‘tlarga qarshi qo‘llanilgan gerbitsidlarning tuproqning agrokimyoviy xossalariga ta’siri kompleks tarzda tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida gerbitsidlar qo‘llanilishi natijasida tuproqning asosiy agrokimyoviy ko‘rsatkichlari, jumladan gumus miqdori, harakatchan ozuqa elementlari (azot, fosfor, kaliy) hamda boshqa muhim ko‘rsatkichlarda yuzaga kelgan o‘zgarishlar tahlil qilingan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.