Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
MOYLI ZIG‘IR NAVLARINI EKISH MUDDATLARI VA EKISH ME’YORLARINING O‘SIMLIK BO‘YI BALANDLIGI VA BARG SONIGA TA’SIRI
Maxammadiyeva Adiba, Sattarov Isroil, Mavlanov Laziz
Annotatsiya
Maqolada moyli zig‘ir (Linum usitatissimum L.) o‘simligining Bahorikor va Lalmikor navlarini turli muddatlarda (01-10 mart, 11-20 mart va 21–30 mart) hamda turli ekish me’yorlarida (3,5; 4,0 va 4,5 mln dona/ga) ekish sharoitida o‘simlik bo‘yi balandligi va barg sonining o‘sish-rivojlanish bosqichlari (archalash, g‘unchalash, gullash, ko‘k pishish) bo‘yicha o‘zgarishi tahlil qilingan. G‘allaorol tumani sharoitida 2024-yilda o‘tkazilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, har ikkala nav uchun ham 11-20 mart muddatida, 4,0 mln dona/ga me’yorida ekilgan variantlar eng yuqori, o‘simlik bo‘yi va barg soni ko‘rsatkichlariga erishdi. Lalmikor navi barcha bosqichlarda bahorikor naviga nisbatan biroz yuqori natija ko‘rsatdi. Ekish me’yorining 4,5 mln dona/ga gacha oshirilishi, aksincha, o‘simlik bo‘yi va barg sonining pasayishiga olib keldi, bu esa o‘simliklar orasidagi raqobatning kuchayishi bilan izohlanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.