Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
TAKRORIY EKINLARDA ENTOMOFAGLARNING SHAKLLANISHI MONITORINGI
Sattorov Asqar, Xalimov Raxmatilla
Annotatsiya
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati sharoitida oltinkoʼz entomоfagining takroriy ekin sifatida ekilayotgan yeryongʼoq maydonlariga migratsiyasi (koʼchishi), rivojlanishi va zichligini oʼrganish boʼyicha olib borilgan monitoring natijalari keltirilgan. Unga asosan oltinkoʼz entomofagi populyatsiyalari iyul oyining uchinchi oʼn kunligidan boshlab takroriy ekilgan yeryongʼoq biotipiga koʼchishi boshlanib, avgust oyidan, yaʼni, o’simliklarning shonalash davrida miqdoriy jihatdan sonining sezilarli darajada koʼpayishi va oʼsimlikning gullashdukkaklash fazalarida yaʼni, butun sentyabr oyi davomida uning zichligi yuqori darajada saqlanib qolishi aniqlandi. Bu esa oʼz navbatida takroriy muddatda ekilgan yeryongʼoq oʼsimligi oltinkoʼz entomofagining tabiiy koʼpayish manbasi ekanligini koʼrsatdi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.