Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
TUPROQ ENTOMOPATOGEN NEMATODALARINI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI VA ULARNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI SAMARADORLIGI
Anorbayev Azimjon, Qurbonova Nafosat, Karimova Rixsiniso
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda tuproq entomopatogen nematodalarini dala va laboratoriya sharoitida samarali aniqlash hamda ajratib olish uchun ishlab chiqilgan portativ qurilmaning texnologik imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida turli agrobiotsenozlardan tuproq namunalari yig‘ilib, ulardan entomopatogen nematodalarni ajratib olish, identifikatsiya qilish va laboratoriya sharoitida ko‘paytirish usullari takomillashtirildi. Ajratib olingan nematodalarining g‘o‘za agrobiotsenozida uchraydigan asosiy zararkunandalarga qarshi biologik samaradorligi baholandi. Tadqiqot natijalari portativ qurilmadan foydalanish entomopatogen nematodalarni qisqa muddatda, yuqori aniqlik va biologik faollikni saqlagan holda ajratib olish imkonini berishini ko‘rsatdi. Shuningdek, aniqlangan nematoda turlari zararkunandalar sonini kamaytirishda yuqori biologik samaradorlikka ega ekanligi qayd etildi. Olingan natijalar biologik kurash tizimini takomillashtirish va ekologik xavfsiz himoya texnologiyalarini ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.