Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
ISSIQXONA VA OCHIQ MAYDONLARDAGI POMIDOR VA BULGʻOR QALAMPIRI EKINLARINI TUTA ABSOLUTA ZARARKUNANDASIDAN HIMOYA QILISHNING SAMARALI USULLARI
Rahmonov Ahliddin, Raximov Uchqun
Annotatsiya
Ushbu sharh maqolada pomidor va bulg‘or qalampiri ekinlarining eng xavfli zararkunandasi bo‘lgan pomidor kuyasi (Tuta absoluta Meyrick) ga qarshi kurashning zamonaviy strategiyalari tahlil qilinadi. Maqolada zararkunandaning global tarqalishi, biologik adaptatsiyasi va so‘nggi yillarda bulg‘or qalampiriga beradigan zarari dunyo olimlarining tadqiqotlari asosida yoritilgan. Shuningdek, feromon tutqichlar, fizik kurash, biologik kurash (Nesidiocoris tenuis, Trichogramma) va kimyoviy vositalarning samaradorligi qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, faqat integrallashgan himoya tizimi (IPM) orqali zararkunandaning insektitsidlarga chidamliligini kamaytirish va hosildorlikni barqaror saqlash mumkin.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.