Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ ХРАНЕНИЯ ПИЩЕВОЙ ПРОДУКЦИИ НА ОСНОВЕ ХИТОЗАНОВЫХ БИОПОЛИМЕРОВ
Абдуллаев Фазилжон, Дубовик Татьяна
Annotatsiya
Mazkur maqolada xitozan biopolimerlari asosidagi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashning innovatsion texnologiyalari ko‘rib chiqiladi. Mahsulot sifati va xavfsizligiga qo‘yilayotgan talablar kuchayib borayotgan sharoitda ekologik xavfsiz qoplamalardan foydalanishning dolzarbligi asoslab berilgan. Xitozanning saqlash jarayonidagi samaradorligini belgilovchi fizik-kimyoviy xususiyatlari yoritilgan. Xitozan qoplamalarining ta’sir mexanizmlari va ularning mahsulot saqlanishiga ta’siri tahlil qilingan. Oziq-ovqat sanoatining turli sohalarida amaliy qo‘llash yo‘nalishlari keltirilgan. Mahsulot yo‘qotishlarini kamaytirish va saqlash muddatlarini uzaytirish hisobiga xitozan preparatlaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi baholangan. Xitozan biopolimerlaridan foydalanish oziqovqat mahsulotlarini saqlash texnologiyalarini barqaror rivojlanish sharoitida rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishi ekanligi aniqlangan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.