Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
TRIXOGRAMMA (TRICHOGRAMMATIDAE) TURLARINI BIOEKOLOGIYASI
Kimsanbaev Xojimurod, Alaviddinxojayeva Malikaxon
Annotatsiya
Ushbu maqolada Trixogramma (Trichogrammatidae) turlarining bioekologiyasi, hayot sikli, xususiyatlari va O’zbekiston sharoitida biologik kurash vositasi sifatida qo’llanilishi tahlil qilindi. Maqolada Trixogramma turlarining samaradorligi, ularni laboratoriyadako’paytirish va tarqatish usullari, iqlim kabi bioekologik omillar bilan bog’liq muammolar ko’rib chiqildi. Tadqiqot natijalari Trixogramma turlarining agroekosistemada zararkunandalarni tabiiy yo’l bilan nazorat qilishda samarali ekanligini ko’rsatadi. Maqolada xususan, Trichogramma evanescens, Trichogramma chilonis, Trichogramma brassicae va Trichogramma dendrolimi turlari bioekologiya o’rganilgan bo’lib, ularning Lepidoptera tuxumlarida parazitlik qilishidagi samaradorligi va agrosistemada roli ko’rsatildi. Yuqorida keltirilgan Trixogramma turlarining o’rtacha biologic samaradorligi 75-80% ni tashkil etgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.