Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
MONILIOZ ZAMBURUG‘I MITSЕLIYSINING HARORAT VA INKUBATSIYA MUDDATIGA BOG‘LIQ HOLDA O‘SISH DINAMIKASI TAHLILI
Pulatov Azizjon, Umarov Zafar, Qo‘shaqboyev Baxodirjon, Xusanov Ro‘ziboy
Annotatsiya
Tadqiqotda M. Cydoniae va M. Fructigena fitopatogenlari mitseliysini o‘sishiga turli harorat va inkubatsiya muddatlarini ta’siri o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, mitseliy o‘sishi 22–24 ℃ harorat va 14 kunlik inkubatsiyada eng yuqori darajada kuzatildi. Korrelyatsion va regression tahlillar harorat hamda vaqt mitseliy o‘sishiga kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi (R² = 0,87–0,91).
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.