Science time 4-jild 2-son (2026) · 166-171-betlar
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA RANG SEMANTIKASI
Sitora Ulug‘bek qizi, Toshtemirova
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi rang bildiruvchi leksemalarning semantik xususiyatlari qiyosiy va kognitiv-semantik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Rang nomlari nafaqat vizual idrokni, balki til egalarining madaniy qadriyatlari, ramziy ma’nolari va konseptual dunyoqarashini aks ettiruvchi muhim lingvistik birliklar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda asosiy rang leksemalari, jumladan white, black, red, green, blue hamda ularning o‘zbek tilidagi muqobillari oq, qora, qizil, yashil, ko‘k leksemalarining semantik tuzilishi, ko‘pma’noliligi, metaforik kengayishi va assotsiativ ma’nolari o‘rganiladi. Shuningdek, rang nomlarining frazeologik birliklar, idiomatik ifodalar va maqollardagi qo‘llanishi va ularning ko‘chma hamda baholovchi ma’nolari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari rang semantikasi universal idrok asosiga ega bo‘lsa-da, har bir tilning milliy-madaniy xususiyatlari va konseptual dunyoqarashini aks ettirishini ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, kognitiv semantika va lingvomadaniyatshunoslik rivojiga hissa qo‘shadi.
rang semantikasi, rang leksemalari, o‘zbek tili, ingliz tili, qiyosiy tilshunoslik, kognitiv semantika, semantik tuzilish, metafora, ramziylik, lingvomadaniyat
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.