Science time 4-jild 3-son (2026) · 262-268-betlar
METAFORA HOSIL QILUVCHI LISONIY VOSITALARNING STRUKTUR-SEMANTIK O‘RGANILISHI
Ra’no Djurayevna, Yuldasheva
Annotatsiya
Ushbu maqolada metafora hosil qiluvchi lisoniy vositalarning struktur va semantik xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Metafora til birliklarining obrazli ifodalanishida muhim stilistik vosita sifatida namoyon bo‘lib, u nutqning ta’sirchanligi va badiiyligini oshiradi. Tadqiqot jarayonida metafora hosil qiluvchi asosiy lisoniy vositalar – leksik birliklar, so‘z birikmalari hamda grammatik konstruktsiyalar o‘rganildi. Metaforaning shakllanishida o‘xshashlik, analogiya va assotsiativ tafakkur muhim rol o‘ynashi ilmiy asosda yoritildi. Shuningdek, metafora hosil qiluvchi vositalarning struktur-semantik tasnifi ishlab chiqildi va ularning til tizimidagi o‘rni ko‘rsatib berildi.
metafora, lisoniy vositalar, struktur-semantik tahlil, semantika, leksik birlik, obrazlilik, assotsiatsiya, badiiy nutq, tilshunoslik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.