Science time 4-jild 5-son (2026) · 935-938-betlar
“O‘G‘UZNOMA” DOSTONIDAGI QADIMIY URF-ODATLAR
Marhabo Sharipovna, Meliboyeva
Annotatsiya
Mazkur maqolada “O‘g‘uznoma” dostonidagi qadimgi e’tiqodiy qarashlar hamda ularning tarixiylik tamoyillari bilan o‘zaro uyg‘unligi ilmiy asosda tahlil qilingan. Asarda turkiy xalqlarning kelib chiqishiga oid afsonaviy qarashlar, urug‘ va qabilalar nomlarining shakllanish jarayoni, shuningdek, ularning tarixiy manbalarda aks etish xususiyatlari o‘rganilgan. Shu bilan birga, “O‘g‘uznoma” dostoni hamda Sharq tarixiy asarlari o‘rtasidagi mushtarak va farqli jihatlar solishtirmaqiyosiy usul asosida yoritilgan. Tadqiqot natijasida afsonaviy qarashlar orqali turkiy xalqlarning dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy tafakkuri hamda tarixiy xotirasi namoyon bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
O‘g‘uznomaafsonaviy qarashlartarixiylik tamoyilietnologik miflarturkiy xalqlarurug‘ va qabilalarSharq tarixiy manbalarisolishtirma-qiyosiy tahlil.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.