Science time 4-jild 6-son (2026) · 27-30-betlar
KIBERMULOQOTDA NUTQIY ETIKET BIRLIKLARI: LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLAR
Nilufar Xafizovna, Ruziyeva
Annotatsiya
Ushbu maqolada kibermuloqotda nutqiy etiket birliklari lingvopragmatik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Raqamli muhitda salomlashish, murojaat, minnatdorchilik va kechirim kabi an’anaviy etiket shakllari transformatsiyaga uchrab, yangi funksional xususiyatlarga ega bo‘ladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mazkur birliklar nafaqat xushmuomalalikni ifodalaydi, balki ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, emotsional muvozanatni ta’minlash va hamjamiyatni saqlashda muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, maqolada lingvistik iqtisod, og‘zaki va yozma nutqning gibridligi, emoji va qisqartmalar kabi vositalarning o‘rni ham yoritilgan. Milliy-madaniy omillar ta’sirida o‘zbek kibermuloqotida an’anaviy va global tendensiyalarning uyg‘unlashuvi kuzatiladi.
kibermuloqot, nutqiy etiket, lingvopragmatika, xushmuomalalik strategiyalari, raqamli diskurs, emoji, lingvistik iqtisod, onlayn muloqot, ijtimoiy tarmoqlar, kommunikativ xulq.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.