Innovations in Science and Technologies 2-jild 2-son (2025) · 124-135-betlar
UCHINCHI TARTIBLI KARRALI XARAKTERISTIKALI TENGLAMA UCHUN BIR CHIZIQSIZ CHEGARAVIY MASALA HAQIDA
Qurbonov, Odiljon
Annotatsiya
Ushbu maqolada egri chiziqli sohada karrali xarakteristikaga ega uchinchi tartibli chiziqli bo‘lmagan tenglama uchun bir chiziqli bo‘lmagan chegaraviy masala o‘rganilgan. Masala yechimining yagonaligi va mavjudligi isbotlangan. Masala yechimining yagonaligi energiya integrali usulidaga ba’zi elementar tengsizliklarni tadbiq qilish orqali isbotlangan. Masala yechimining mavjudligini isbotlasshda yordamchi masala qaralgan va bu nasala uchun Grin funksiyasi qurilgan. Yordamchi masala yechimi yordamida berilgan masala Hammershteyn tipidagi chiziqsiz integral tenglamalar tizimiga keltirilgan va u ketma-ket yaqinlashish usuli yordamida yechilgan.
chiziqsizlik, yagonalik, mavjudlik, chiziqsiz integral tenglamalar tizimi, ketmaket yaqinlashish usuli
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.