Innovations in Science and Technologies 2-jild 4-son (2025) · 220-227-betlar
MINTAQALARNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI HUDUDIY TAFOVUTLARNI KAMAYTIRISHDA QISHLOQ XO‘JALIGI SALOHIYATIDAN FOYDALANISH MEXANIZMLARI
Mullabayev, Baxtiyarjon, Ismoilov, Alisher
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi mavjud hududiy tafovutlarni kamaytirishda qishloq xo‘jaligi salohiyatidan samarali foydalanish mexanizmlari chuqur ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqot davomida qishloq xo‘jaligining mintaqalararo nomutanosibliklarni bartaraf etishdagi o‘rni xalqaro va milliy miqyosdagi statistik ko‘rsatkichlar, ilmiy adabiyotlar va xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari asosida atroflicha tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, mamlakatdagi mavjud tafovutlarni yumshatishda aynan qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, hududlararo integratsiyani kuchaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan kengroq foydalanish zarurligi asoslandi. Xulosada hududlarda qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish va bu orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berildi.
hududiy tafovutlariqtisodiy rivojlanish, qishloq xo‘jaligi salohiyati, mintaqaviy integratsiya, nomutanosiblik, davlat-xususiy sheriklik, infratuzilmani rivojlantirish, agrosanoat, hududlararo hamkorlik, iqtisodiy barqarorlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.