Innovations in Science and Technologies 2-jild 4-son (2025) · 159-166-betlar
YASHIL IQTISODIY O‘TISH DAVRIDA BIZNES SUBYEKTLARINI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Badirova, Gavhar
Annotatsiya
Yashil iqtisodiyotga o‘tish global miqyosda dolzarb bo‘lib, biznes subyektlarini moliyalashtirishning innovatsion mexanizmlarini talab qiladi. Ushbu maqolada O‘zbekiston va xalqaro tajribalar asosida yashil moliyalashtirishning asosiy mexanizmlari tahlil qilingan. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun o‘tish moliyasi, yashil obligatsiyalar va xususiy sektor investitsiyalarining roli ko‘rib chiqilgan. Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) va Global ekologik fondi kabi tashkilotlarning yondashuvlari tahlil qilinib, O‘zbekiston uchun istiqbolli moliyaviy strategiyalar tavsiya etilgan. Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida biznes subyektlarini moliyalashtirish mexanizmlarining samaradorligini oshirish masalalari ham tahlil qilingan bo‘lib, global iqlim o‘zgarishi va ekologik barqarorlik sharoitida moliyaviy resurslarni jalb etish, ularni yo‘naltirish va innovatsion yondashuvlar asosida taqsimlashning ahamiyati yoritilgan. Xalqaro tajriba, statistik ma’lumotlar va tahliliy yondashuvlar asosida O‘zbekistonda mavjud moliyalashtirish amaliyotlari va yashil iqtisodiy o‘tish tendensiyalari tahlil qilinib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
yashil iqtisodiyot, moliyalashtirish mexanizmlari, yashil obligatsiyalar, xususiy sektor, o‘tish moliyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.