Innovations in Science and Technologies 2-jild 5-son (2025) · 46-57-betlar
XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA INNOVATSION BOSHQARUV MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Ergashev, Azizbek
Annotatsiya
Xizmat ko‘rsatish sohasi har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin egallaydi. So‘nggi yillarda ushbu sohani modernizatsiya qilish, mijozlar ehtiyojini qondirish darajasini oshirish va raqobatbardoshlikni ta'minlash dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Maqolada xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion boshqaruv mexanizmlarining mazmuni ochib beriladi, ularning samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Jumladan, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, CRM tizimlari, avtomatlashtirilgan xizmatlar, interaktiv aloqa vositalari kabi vositalarning joriy etilishi orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida O‘zbekiston sharoitiga mos taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari xizmat ko‘rsatish korxonalarida samarali boshqaruv tizimini yaratish, xaridorlar ehtiyojini aniq aniqlash vainnovatsion yondashuvlarni muvaffaqiyatli qo‘llash uchun ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Maqola innovatsion boshqaruv orqali xizmat sohasining raqobatbardoshligini oshirish masalasiga bag‘ishlangan.
Xizmat ko‘rsatish sohasi, innovatsion boshqaruv, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, CRM tizimlari, avtomatlashtirilgan xizmatlar, interaktiv aloqa vositalari, mijoz ehtiyojlari, raqobatbardoshlik, iqtisodiy samaradorlik, innovatsion yondashuvlar, tashkiliy boshqaruv, xorijiy tajriba, zamonaviy boshqaruv uslublari, xizmat sifati.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.