Innovations in Science and Technologies 2-jild 4-son (2025) · 423-428-betlar
KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA MEHNAT UNUMDORLIGINI OSHIRISH OMILLARI VA RAQAMLI BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LLARI
Abduraimov, Abdulaziz
Annotatsiya
Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarida mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillar chuqur tahlil qilinadi hamda raqamli boshqaruv texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Ilmiy tadqiqot natijalariasosida ishlab chiqilgan modelda raqamli yechimlar yordamida mehnat jarayonlarini avtomatlashtirish, resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish va boshqaruv mexanizmlarini optimallashtirish imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishida inson kapitali, raqamli transformatsiya, va innovatsion menejment tizimlarining o‘rnianiqlanadi. Tadqiqot davomida tahliliy metodlar asosida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularning kichik korxonalar faoliyatidagi natijadorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri iqtisodiy jihatdan asoslab beriladi.
kichik biznes, mehnat unumdorligi, raqamli texnologiyalar, boshqaruv tizimi, avtomatlashtirish, inson kapitali, innovatsion yondashuv, iqtisodiy samaradorlik, raqamli transformatsiya, kichik tadbirkorlik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.