Innovations in Science and Technologies 2-jild 4-son (2025) · 414-422-betlar
KICHIK BIZNES SUBEKTLARINING HUDUD AXOLISINI BANDLIGINI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI
Mullabayev, Baxtiyarjon, Ergasheva, Nigora
Annotatsiya
Ushbu maqolada kichik biznes subyektlarining hududiy iqtisodiy taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasi, ayniqsa, mahalliy aholini ish bilan ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati har tomonlama tahlil etilgan. Kichik biznes – bu zamonaviy iqtisodiyotning muhim bo‘g‘ini bo‘lib, u nafaqat mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni kengaytiradi, balki mehnat bozoridagi bosimni kamaytiradi, ishsizlik darajasini pasaytiradi va aholining daromad manbalarini diversifikatsiyalashga xizmat qiladi. Maqolada kichik tadbirkorlik subyektlarining soni, ularning faoliyat sohalari bo‘yicha taqsimoti, yaratilayotgan ish o‘rinlari va bandlikka ta’siri statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqotda hukumat tomonidan kichik biznesni rag‘batlantirish, soliq imtiyozlari, kredit resurslariga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi baholangan. Muallif tomonidan kichik biznesni rivojlantirish orqali hududiy bandlikni oshirishda kompleks yondashuv, infratuzilmaviy qo‘llabquvvatlash va innovatsion tadbirkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
kichik biznes, bandlik, iqtisodiy rivojlanish, aholi bandligi, ijtimoiy-iqtisodiy ta’sir, ish o‘rinlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.