Innovations in Science and Technologies 2-jild 4-son (2025) · 399-406-betlar
MINTAQAVIY OZIQ-OVQAT BOZORINI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
Mullabayev, Baxtiyarjon, Mirtoyev, Axrorbek
Annotatsiya
Ushbu maqolada mintaqaviy oziq-ovqat bozorining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillar kompleks tahlil qilinadi. Bugungi kunda oziqovqat xavfsizligi global miqyosda strategik muammo sifatida qaralmoqda. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, har bir hududda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga samarali yetkazish tizimini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Maqolada mintaqaviy oziq-ovqat bozorining iqtisodiy, institutsional va tashkiliy asoslari yoritildi. Jumladan, Namangan viloyati misolida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozordagi o‘rni, raqobat muhitining shakllanishi, narxlarning barqarorligi va iste’molchilarning xarid imkoniyatlari o‘rganildi. Oziq-ovqat ta’minot zanjiridagi logistik infratuzilmaning sifati, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining agrosanoat kooperatsiyalarida ishtiroki, savdo infratuzilmasi lohida tahlil qilindi. Shuningdek, davlat tomonidan ishlab chiqilayotgan strategik hujjatlar, jumladan “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi”, “Qishloq xo‘jaligi sohasini transformatsiya qilish strategiyasi” va boshqa normativ-huquqiy bazalar orqali bozordagi institutlarning mustahkamlanishi va mahalliy iqtisodiyotga ta’siri ochib berildi. Maqolada mintaqaviy oziq-ovqat bozorini kompleks boshqarish va samarali rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.
oziq-ovqat bozori, hududiy rivojlanish, logistika, agrosanoat, narxlar barqarorligi, oziq-ovqat xavfsizligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.