Innovations in Science and Technologies 2-jild 6-son (2025) · 161-168-betlar
TALABALARNI ILMIY-TADQIQOT ISHLARGA YO‘NALTIRISH JARAYONLARINI BOSHQARISH MASALALARI
Bekmuradova, Gulnoza
Annotatsiya
mazkur maqolada ilmiy tadqiqotning mohiyati, talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etishning pedagogik-psixologik va ilmiy-metodik asoslari, ilmiy izlanish kompetensiyalarini shakllantirishda boshqaruvning o‘rni va talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish amaliyotining hozirgi holati bayon qilingan. Unda ilmiy tadqiqotning nazariy bilimlarini shakllantirishdagi o‘rni, ilmiy-tadqiqot jarayonlarini boshqarishning mavjud muammolari tahlil qilingan. Tadqiqotda talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirishda samarali boshqaruv mexanizmlari hamda o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari, ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish prinsiplari, uni takomillashtirishda ustoz-shogird hamkorligining muhim jihatlari va ilmiy tadqiqotda ilmiy muassasaning ishtiroki kabi masalalar ochib berilgan.
ta’lim tizimi, ilmiy tadqiqot, talaba, rahbar faoliyati,ta’limni boshqarish, tajriba sinov
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.