Innovations in Science and Technologies 2-том 7-нөмір (2025) · 64-69-беттер
MAHALLA INSTITUTINI TASHKIL ETISH ASOSLARI VA SAMARALI FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Toshtemirova, Zilola
Аңдатпа
Mahalla – bu nafaqat fuqarolar yashash manzili, balki ularning o‘zaro ijtimoiy munosabatlari, hamkorlik va yordam shakllari, an’analar hamda madaniy merosini saqlovchi muhim ijtimoiy institut hisoblanib, asosan qo‘shnichilik munosabatlari, o‘zaro yordam, to‘y va marosimlarni tashkil etishda faol ishtirok etgan. Mahalla institutini tashkil etish qonun bilan kafolatlangan,tarixiy an’analarga asoslangan,jamiyatdagi aniq amaliy ehtiyojlarga javob beradigan tizimdir. U davlat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanat va muloqot ko‘prigi hisoblanadi. O‘zbekistonda mahalla instituti mustaqillik yillarida davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni ta’minlashda, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda muhim o‘rin egalladi. Ushbu maqolada mahalla institutini tashkil etishning huquqiy va ijtimoiy asoslari, uning tarixiy ildizlari, hamda hozirgi kundagi samarali faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, mahalla tuzilmasining davlat va jamiyat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in sifatidagi o‘rni ochib beriladi.
mahalla, jamoatchilik, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish, ijtimoiy institut, davlat va jamiyat munosabati,xuquqiy , tarixiy, tashkiliy-amaliy va ijtimoiy-psixologik asoslari, faollar guruhi.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.