Innovations in Science and Technologies 2-jild 6-son (2025) · 488-496-betlar
TO‘QIMACHILIK KORXONALARINING INNOVATSION FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI
Samaroxonov, Askarxon
Annotatsiya
Mazkur maqolada dunyoning yetakchi mamlakatlarida to‘qimachilik sanoatini innovatsion rivojlantirishni moliyalashtirishga oid samarali yondashuvlar, institutlararo hamkorlik, moliyaviy instrumentlar va davlat siyosatining o‘rni atroflicha tahlil etiladi. Jumladan, Germaniya, Xitoy, Turkiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning ilg‘or tajribalari asosida innovatsiyalarni rag‘batlantirishda qo‘llanilayotgan kredit, grant, subsidiyalar, soliq imtiyozlari va venchur kapital fondlari turlari yoritib beriladi. Shuningdek, ilm-fan va sanoat integratsiyasini kuchaytirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining amaliy jihatlari o‘rganiladi. Maqola yakunida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida xorijiy tajribani tatbiq etish uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari milliy innovatsion strategiyani shakllantirish va moliyaviy infratuzilmani takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
to‘qimachilik sanoati, innovatsion faoliyat, moliyalashtirish, xorijiy tajriba, grantlar, kreditlar, subsidiyalar, venchur kapital, davlat qo‘llab-quvvatlashi, ilmiy hamkorlik, startaplar, innovatsion siyosat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.