Innovations in Science and Technologies 2-том 10-нөмір (2025) · 27-33-беттер
O‘ZBEK NUTQINI MATNGA AYLANTIRISH UCHUN MOSLASHTIRILGAN NUTQ TANISH MODELINI ISHLAB CHIQISH
Ismatillayev, Muzaffar
Аңдатпа
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi nutqni avtomatik tarzda matnga aylantirish tizimi ishlab chiqildi, sinovdan o‘tkazildi va tahlil qilindi. Tadqiqotda ikki manba bir ovozli o‘qib eshittirish va ko‘p so‘zlovchili kundalik nutqlar birlashtirilib, matnlar me’yoriy lotin yozuviga keltirildi, audio yozuvlar 16 ming gerts namuna tezligiga moslashtirildi, uzunligi 30 soniya chegarasida boshqarildi. Ma’lumotlar mashq (119 831 yozuv), tekshiruv (648 yozuv) va sinov (899 yozuv) to‘plamlariga qat’iy ajratildi. Model ko‘p tilli yirik andozadan (Whisper-small) o‘zbek tili uchun moslashtirib o‘qitildi; isitib borish, og‘irlikni kamaytirish, gradientni cheklash va erta to‘xtatish choralaridan foydalanildi, aralash aniqlikdagi hisoblash orqali tezlik oshirildi. Baholashda so‘zdagi xatolik ulushi ko‘rsatkichi qo‘llanib, sinov to‘plamida 13,78 foiz natija olindi; sinov yo‘qotishi 0,1487, tekshiruv yo‘qotishi yakunda taxminan 0,15 bo‘ldi. Natijalar turli manbalarni birlashtirish, kiritmalarni yagona andozaga keltirish va ehtiyotkor moslashtirib o‘qitish orqali o‘zbek nutqini turli sharoitlarda barqaror tanish mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv ta’lim, tibbiyot, raqamli xizmatlar va ovozli muloqot talab qiluvchi dasturlarda amaliy qo‘llash imkonini kengaytiradi.
avtomatik nutqni tanisho‘zbek tilima’lumotlarni tozalashmel-spektrmoslashtirib o‘qitishisitib borishgradientni cheklasherta to‘xtatisharalash aniqlikso‘zdagi xatolik ulushi
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.