Innovations in Science and Technologies 3-jild 3-son (2026) · 285-292-betlar
O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR TADBIRKORLIGINI XALQARO KO‘RSATKICHLAR ASOSIDA BAHOLASH
Raximova, Moxigul
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligining holati xalqaro ko‘rsatkichlar asosida baholangan. Tahlil jarayonida ayollar egalik qiladigan korxonalar ulushi, rahbar ayollar boshqarayotgan korxonalar soni, ayollarning mehnat bozoridagi ishtiroki hamda ta’lim va bandlikdan tashqarida bo‘lgan yosh ayollar ulushi kabi ko‘rsatkichlar o‘rganildi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun muayyan imkoniyatlar mavjudligini, biroq mehnat bozori, ta’lim va institutsional qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida ayrim muammolar saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi. Shu asosda ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirishga doir ilmiy xulosalar shakllantirildi.
ayollar tadbirkorligixalqaro ko‘rsatkichlartadbirkorlikni baholashayollar bandligibiznes muhitiiqtisodiy faollikgender tengligimehnat bozoriWBL indeksiinstitutsional qo‘llab-quvvatlash
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.