Innovations in Science and Technologies 3-jild 6-son (2026) · 112-118-betlar
KURASHCHILARNING MUSOBAQA FAOLIYATIDAGI TEXNIK-TAKTIK HARAKATLARNI MODELLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Juraboyev, Manuchexr
Annotatsiya
Mazkur maqolada kurashchilarning musobaqa faoliyatini boshqarishda texniktaktik harakatlarni modellashtirishning nazariy va uslubiy jihatlari keng tahlil qilingan. Tadqiqotda kurash sportining xalqaro talablari asosida sportchilarning mahorat darajasini baholashda qo'llaniladigan zamonaviy model tavsiflari va ularning musobaqa natijadorligiga ta'siri o'rganilgan. Modellashtirish jarayonining uchta asosiy bloki — texnik, taktik va natijaviy — alohida tavsiflanib, ularning o'zaro bog'liqligi ko'rsatib berilgan. Shuningdek, soha olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar sintez qilinib, kurashchilarning musobaqa faoliyatidagi texnik-taktik harakatlarini (TTH) modellashtirish zaruriyati ilmiy asoslab berilgan. Zamonaviy raqamli texnologiyalar va kompyuterlashtirilgan monitoring tizimlarining TTH modellashtirishdagi o'rni muhokama qilingan.
Kurash, musobaqa faoliyati, texnik-taktik harakatlar, modellashtirish, sport mahorati, samaradorlik, xalqaro qoidalar, harakatlar hajmi, hujum faolligi koeffisiyenti, mudofaa ishonchliligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.