Innovations in Science and Technologies 3-jild 6-son (2026) · 579-587-betlar
BANKLAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINI MONITORING QILISHDA CAMELS REYTING TIZIMI METODOLOGIYASI VA INDIKATORLARI
Xolmamatov, F.K.
Annotatsiya
Ushbu maqolada banklar moliyaviy barqarorligini monitoring qilishda CAMELS reyting tizimi metodologiyasi va uning asosiy indikatorlari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida CAMELS tizimining nazariy asoslari, uning tarkibiy elementlari boʻlgan kapital yetarliligi, aktivlar sifati, boshqaruv samaradorligi, daromadlilik, likvidlik va bozor risklariga sezgirlik koʻrsatkichlarining mazmuni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, mazkur reyting tizimining banklar moliyaviy holatini kompleks baholash, risklarni erta aniqlash va bank nazorati samaradorligini oshirishdagi oʻrni tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari CAMELS tizimining banklar moliyaviy barqarorligini monitoring qilishda ishonchli va samarali baholash vositasi ekanligini koʻrsatadi. Maqolada milliy bank amaliyotida CAMELS reyting tizimini qoʻllashni takomillashtirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
CAMELS reyting tizimi, banklar moliyaviy barqarorligi, kapital yetarliligi, aktivlar sifati, boshqaruv samaradorligi, daromadlilik, likvidlik, bozor risklari, bank monitoringi, risk-menejment, bank nazorati, moliyaviy tahlil, reyting baholash, bank tizimi barqarorligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.